2021 yil 26 may kuni Belorusiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari P.Gridyushko boshchiligidagi Belorusiya Respublikasi IIV Akademiyasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibida shuningdek jinoyatlarni tergov qilish kafedrasi boshlig‘i T.Shcherba, ma’muriy faoliyat kafedrasi boshlig‘i S.Dobriyan, iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi boshlig‘i O.Markov, shuningdek xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i M.Barsukovalar tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida Belorussiya delegatsiyasi vakillariga Akademiya faoliyati, shu jumladan, o‘quv jarayoni va prokuratura va tergov amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlari, prokurorlar va tergovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi hamda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikning qator masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritishni davom ettirishga kelishib olindi.