Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ko‘magida “BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi bajarilishi bo‘yicha obzor mexanizmi. V-bob: Aktivlarni qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir BMT Konvensiyasi beshinchi bobi bajarilishining obzor mexanizmi bo‘yicha ishchi guruhning milliy ekspertlari uchun tashkil etilgan.
Seminar-trening spikeri sifatida BMT GJBning Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar Sektori mutaxassisi Vladimir Kozin qatnashdi.
Xalqaro ekspert tomonidan aktivlarni qaytarishga oid asosiy qoidalar va ularni implementasiya qilish yo‘llari, shuningdek xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi va qonunchiligidan misollar keltirildi.
Milliy ekspertlar kutilayotgan obzorda ijobiy baho olish maqsadida O‘zbekiston uchun zarur bo‘lgan maslahat va takliflarni oldi.