Xalqaro konferensiya materiallari to‘plami nashr etildi

Xalqaro konferensiya materiallari to‘plami nashr etildi

“Aholi migratsiyasida raqamli vizalar platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovasion loyiha doirasida “Mamlakatimizda migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvining dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy nashr tayyorlandi.
Mazkur nashr migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvining strategik jihatlarini aniqlash, ustuvor xususiyatlarini tadqiq etish, migrasion qonunchilik va tashkiliy-institusional mexanizmlarning ishlash holatini o‘rganish asosida mavjud muammo va kamchiliklarning bartaraf etilishi, migratsiya jarayonlarini samarali tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya materiallaridan iborat.
 Ushbu to‘plamda milliy va chet el oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot institutlari ekspertlari, qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, migratsiya munosabatlarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi idoralar xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, migratsiya muammolari bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilarning maqola va tezislari o‘rin olgan.