Korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi

Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, “Mintaqaviy muloqot” XNNT hamda IHTTning Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i bilan birgalikda tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni joriy etish masalalari” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdilar.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro standartlarini milliy qonunchilikka tatbiq etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi institusional va tashkiliy huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama etildi. 
“Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida”gi va “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini muhokama qilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi vakillari, Bosh prokuratura Akademiyasi, Adliya vazirligi, Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi, akademik hamjamiyat vakillari, xalqaro ekspertlar qonun loyihalari samaradorligini oshirish, ularning konsepsiyalarini amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uzviy bog‘liqligini ta'minlash borasida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni ma'muriy tergov qilish kabi huquqiy institutlarni takomillashtirish, davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlari to‘qnashuvini deklaratsiyalash tizimini joriy etish, korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari va ilmiy doiralarni jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.