Jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar boʼyicha prokurorlar uchun tavsiyalar

Jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar boʼyicha prokurorlar uchun tavsiyalar

YuNESKOning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi hamda Bosh prokuratura Аkademiyasi bilan hamkorlikda prokuratura organlari xodimlari uchun jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar boʼyicha tavsiyalar oʼzbek tilida ishlab chiqildi.

Mazkur nashr huquq sohasidagi xalqaro mutaxassis, muqaddam Kvebek shahri (Kanada) Jinoiy taʼqib boshqarmasi lavozimida ishlagan Sabin Uelle, shuningdek, BMT maxsus maʼruzachilari А.Kallamard va L.Malьdonado hamda Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi, Xalqaro advokatlar assotsiatsiyasi, Jinoiy odil sudlov va inson huquqlari boʼyicha Sirakuza xalqaro instituti va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari muallifligida tayyorlangan.

Ushbu tavsiyalar prokuratura organlari xodimlari uchun jinoiy odil sudlovning turli bosqichlarida jurnalistlar va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillariga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar boʼyicha qoʼzgʼatilgan ishlar yuzasidan maslahat yordami koʼrsatishga qaratilgan.

Nashrda mazkur toifadagi jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda davlat ayblovini qoʼllab-quvvatlash chogʼida qonun ustuvorligini taʼminlash, xususan, jabrlanuvchi va guvohlar himoyasi uchun alohida sharoitlar yaratish, jurnalistik manbalar muhofazasini taʼminlash, shuningdek, oʼzaro huquqiy yordam koʼrsatish borasida bir qator tavsiyalarni oʼz ichiga olgan.