Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти ходимлари учун малака ошириш курси якунланди

Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти ходимлари учун малака ошириш курси якунланди

Bosh prokuratura Akademiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining taftishchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi nihoyasiga yetdi. 

O‘quv kursi dasturidan taftishni tashkil etish va amalga oshirish, soliqdan qochish sxemalari va ularni bartaraf etish yo‘llari, byudjet mablag‘laridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan. 

O‘quv mashg‘ulotlariga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Davlat soliq qo‘mitasi, Hisob palatasi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning tajribali mutaxassislari jalb qilingan.