Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Yaponiya Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatlar sabablarini tahlil qilish va ularni hisobga olishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan onlayn rejimida xalqaro seminar tashkil etildi.
Seminarda respublikamizning oliy yuridik ta'lim muassasalari xodimlari va talabalari ishtirok etdi.
Seminarda Yaponiya Keyo Universiteti professori, Yaponiya viktimologiya assosiasiyasi prezidenti, Osiyo jinoyat qurbonlariga yordam berish fondi boshqaruv kengashi a'zosi Tasuya Ota ma'ruza qilib, Yaponiyaning viktimizasiya bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish tajribasi hamda latent jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblarni oldilar.