Pandemiya sharoitida Bosh prokuratura Akademiyasi oldida turgan vazifalar muhokama qilindi

Pandemiya sharoitida Bosh prokuratura Akademiyasi oldida turgan vazifalar muhokama qilindi

2020 yil 29 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Audioselektor shaklida o'tkazilgan majlisda Akademiya tarmoqlarining olib borayotgan faoliyati va kelgusidagi vazifalari muhokama qilindi.

Majlisda mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Akademiyada mavjud kuch va vositalarni qayta ko'rib chiqish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning masofaviy ta'lim shaklini yanada kengaytirish, magistratura tinglovchilarning amaliyotini tashkil etish, yakuniy imtihon va dissertatsiya ishlari muhokamasini o'tkazish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

Mamlakatdagi vaziyatdan kelib chiqib, o'quv-metodik majmualarni ta'limning elektron shaklini nazarda tutgan holda qayta ko'rib chiqish, metodika, tahliliy va qonun ijodkorligi faoliyatini kuchaytirish hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarni faollashtirish bo'yicha chora-tadbirlari belgilandi.

Majlisda Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Legal English Course for Prosecutors” (Prokurorlar uchun huquqiy ingliz tili) o'quv qo'llanmasi, shuningdek “Prokurorning suddagi ishtirokining protsessual-huquqiy asoslari” monografiyasi, “Prokuratura organlari rahbar kadrlarini baholash va psixologik xususiyatlarini o'rganish uslublarini joriy etish” nomli ilmiy-metodik qo'llanma va boshqa shu kabi o'quv-uslubiy materiallar muhokama qilindi va nashrga tavsiya etildi.