Joriy yilning 30 iyul' kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha hududiy vakolatxonasi hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv ishtirokchilari aktivlarni qaytarish va boshqarish masalalari yuzasidan milliy salohiyatni oshirish sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi loyihalarning holatini muhokama qilishib, bajarilishi lozim bo‘lgan keyingi bosqichlarni belgilab olishdi.
Shuningdek xalqaro hamkorlar e'tiboriga G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) hamda uning doimiy Kotibiyati faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot taqdim etildi.