Prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni  qayta tayyorlash kursi yakunlandi

Prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni  qayta tayyorlash kursi yakunlandi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida prokuratura organlarida rahbarlik 
lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi 
yakunlandi. 
Kurs dasturi respublikamizda olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning mazmun-
mohiyatini, bu borada prokuratura organlari rahbar kadrlari oldiga qo'yilgan vazifalarni 
atroflicha yoritish, mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir rahbarda tegishli boshqaruv 
va kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish hamda ularning tizimli tahlil va tanqidiy fikrlash 
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratildi.
Ushbu qayta tayyorlash kursi ham mazmunan, ham ilmiy-metodik jihatdan yangicha yondashuvlar 
asosida, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalaridan, xorijiy innovatsion tajribalardan 
foydalangan holda tashkil etildi. 
O'quv jarayoniga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, 
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar 
vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi, Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi hamda boshqa vazirlik va 
idoralarning tajribali mutaxassis va ekspertlari jalb qilindi.
Kurs davomida amaliyotga alohida e'tibor qaratildi. Toshkent shahar prokuraturasi, tegishli 
vazirlik, idora va tashkilotlarda tashkil etilgan amaliyot davrida tinglovchilar tomonidan 
tanlangan dolzarb mavzular asosida tadqiqot ishlari olib borilib, kurs yakunida tinglovchilar 
imtihon komissiyasi huzurida tadqiqot ishlari natijalarini taqdimot qildilar.