Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsadlarni amalga oshirish bo'yicha BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlik

Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsadlarni amalga oshirish bo'yicha BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlik

BMT Global kun tartibining 2030 yilgacha bo'lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Akademiya bilan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda videokonferensiya aloqa shaklida BRMning 16.4.1-sonli indikatori doirasida noqonuniy moliyaviy oqimlar hajmini o'lchash masalalari bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi.

Seminar ishida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi mintaqaviy vakili Ashita Mittal, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasining Venadagi rorgohi ekspertlari, mazkur indikatorga mas'ul Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, IIV, DSQ, DBQ, Davlat statistika qo'mitasi, Markaziy bank hamda Akademiya xodimlari ishtirok etdi.Seminar davomida noqonuniy oliyaviy oqimlar harakatining ayrim jihatlari, 16.4.1-sonli indikatorga oid axborotlarni to'plash bo'yicha xalqaro tajriba, uslub va vositalar hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari 16.4.1-sonli indikatorni milliy darajada bundan keyin amalga oshirish masalalari bo'yicha fikr almashdilar.