Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 28-noyabrdagi PF–257-sonli Farmoni bilan kafedra tashkil etilgan.

2023-yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga kiruvchi kurslarda talabalar va tinglovchilarga professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda.

Kafedra faoliyat yo‘nalishlari:

- o‘quv ishlari va ta’limni tashkil etishda – ilg‘or innovatsion metod hamda texnologiyalarini qo‘llash orqali bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari bo‘yicha yuqori malakali, ilmiy-tahliliy mulohaza yurita oladigan, belgilangan nazariy va amaliy vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv ishlarini tashkil etish;

- ilmiy-metodik ishlar sohasida – o‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va muntazam takomillashtirib borish, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va talabalarni o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, kafedra mas’ul bo‘lgan modullar mazmunidan kelib chiqqan holda zamonaviy, xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar va tajribalar asosidagi ilmiy-metodik materiallar tayyorlash;

- ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy islohotlarning ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda dolzarb mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish hamda ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash;

- tashkiliy-metodik ishlar sohasida – o‘zaro nazoratlar asosida ta’lim sifatini tahlil etish va baholash, shuningdek, boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etishni ta’minlash;

- ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – talaba yoshlarni jamiyat, Vatanga muhabbat, burch-mas’uliyat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini oshirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, destruktiv g‘oyalar va buzg‘unchi oqimlarga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilash.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichida quyidagi o‘quv kurslari o‘tiladi:

- O‘zbekistonning eng yangi tarixi;

- Dinshunoslik. Diniy aqidapasrastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari;

- Kasbiy va nutq madaniyati;

- Sotsiologiya;

- Mantiq;

- Ma’naviyat asoslari;

- Etika va estetika;

- Huquq falsafasi;

- Siyosatshunoslik;

- Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi;

- Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi;

- Huquq sotsiologiyasi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari uchun “Surishtiruv va tergov organlari xodimlarining kasb etikasi”, “Mantiq”, “Kasbiy va nutq madaniyati”, “Prokuror ritorikasi”, “Prokuror nutqi” va “Kasb etikasi” kabi modullar doirasida o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

 

Aminjonova Matluba Axmedovna


  

 

Kafedra boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi, yuridik fanlar doktori (DSс), professor.

“Sug‘urta shartnomasida taraflarning majburiyati va javobgarligi masalalari” mavzusidagi doktorlik (DSс) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Germaniya (2009-yil), Fransiya (2015-yil), Janubiy Koreya (2025-yil)da sud-huquq islohotlari yuzasidan malaka oshirgan. Fuqarolik huquqi, Fuqarolik protsessual huquqi, Xo‘jalik huquqi, Oila huquqi, Tadbirkorlik huquqi, Mehnat huquqi, prokuror nazorati, Inson huquqlari sohalarining mutaxassisi hisoblanadi.

150 dan ortiq o‘quv-uslubiy va ilmiy nashrlar e’lon qilgan, jumladan, 3 ta darslik (hammualliflikda), 4 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma (hammualliflikda) 3 ta monografiya, 1 ta amaliy qo‘llanmalar nashr qilingan.

Akademiya huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/31.12.2020. Yu.67.01 raqamli ilmiy kengash raisi sifatida ilm-fanni rivojlantirish borasida o‘zining hissasini qo‘shib kelmoqda.

2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi”, “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining 25 yilligi”,

“O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining 30-yilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

 Email: m.a.aminjonova@proacademy.uz

 

Akramov Xusan Furkatovich


  

 

Kafedra dotsenti, 2 darajali yurist  s.f.f.d.(PhD), dotsent.

“Sotsial kapital aholi turmush sifatini oshirishning omili sifatida” mavzusida sotsiologiya fanlari bo‘yicha ilmiy daraja olish uchun PhD dissertatsiyasini 2021-yil dekabr oyida  himoya qilgan.

“Imom Al Buxoriy hadislari islom ratsionalizmining madaniy kapitali sifatidagi kontent tahlili” mavzusidagi sotsiologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi ustida ish olib bormoqda.

Hammualliflikda sotsiologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun “Sotsiologiya”, huquqshunoslik (tergov faoliyati) ta’lim yo‘nalishi uchun “Sotsiologiya” darsliklarini shuningdek barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Tashkilotlar sotsiologiyasi”, “Din sotsiologiyasi” o‘quv qo‘llanmalari, “Sotsiologik tadqiqotlarning metodologiyasi, metodi va texnikasi” uslubiy qo‘llanmalarini chop ettirgan.

Email: x.f.akramov@proacademy.uz

 

Xolikulova Xulkar Yuldashevna


  

   

 

Kafedra dotsenti, 3 darajali yurist t.f.f.d. (PhD).

07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi asosida “O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarni himoya qilish siyosati (1991–2018 yy.)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.

 150 ga yaqin ilmiy ishlar: 120 ta maqola, shu jumladan, xorijiy nashrlarda – 20 ta, Scopus bazasidagi jurnalda 1 ta; 3 ta darslik, 1 ta risola, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya chop ettirgan.

Email: x.y.xolikulova@proacademy.uz

 

 

 

 

Kamilov Davron Zafarovich


  

 

Kafedra dotsenti, adliya maslahatchisi, f.f.f.d. (PhD), dotsent.

“Sekulyarlashuv jarayonining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha ilmiy daraja olish uchun PhD dissertatsiyasini 2021-yil iyul oyida muvaffaqiyatli himoya qilgan.

“DVV international” xalqaro nemis universitetlar assotsiatsiyasi halqaro doiradagi trener sertifikatiga ega.

40 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi, 35 ta maqola, shu jumladan 8 tasi xorijiy nashrlarda, 3 ta o‘quv qo‘llanma, hammualliflikda 1 ta monografiya chop ettirgan.

Huquqshunoslik (tergov faoliyati) ta’lim yo‘nalishi uchun “Dinshunoslik. Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” darsligi, hammualliflikda barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Dinshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanmalarini chop ettirgan.

Email: d.z.kamilov@proacademy.uz

 

 

Mengliqulov Umid Mamadiyevich


  

 

Kafedrasi dotsenti, 2 darajali yurist, f.f.f.d. (PhD), dotsent.

“Surxon vohasi etnomadaniyati (genezisi, xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari)” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.

“O‘zbek milliy identikligini saqlash va rivojlantirishda Surxondaryo etnomadaniyatining o‘rni” mavzusidagi dissertatsiya ishi olib bormoqda.

U.Mengliqulov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.01.05 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar kotibi.

50 ta maqola, shulardan 3 tasi Scopus va Web of Scienc bazalariga tegishli bo‘lgan jurnallarda, 5 tasi xorijiy nashrlarda, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya chop ettirgan.

Email: u.m.mengliqulov@proacademy.uz

 

Abduazimova Zarina Amirovna


  

 

 

Kafedra katta o‘qituvchisi, 3 darajali yurist, f.f.f.d. (PhD), dotsent.

09.00.02 – Ong madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi –ixtisosligi asosida “Globallashuv jarayonida ekologik axloqni shakllantirishda konseptual yondashuv” mavzusidagi dissertatsiyani himoya qilgan.

115 ta maqola, shulardan 10 tasi xorijiy nashrlarda, hammualliflikda 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-amaliy qo‘llanma, 1ta monografiya chop ettirgan.

Email: z.a.abduazimova@proacademy.uz

 

 

Xoliyarova Mahbuba Sottorovna


  

 

Kafedra katta o‘qituvchisi, 3 darajali yurist.

"Zamonaviy davlat xizmatchisining ma’naviy qiyofasini va uni takomillashtirish istiqbollari” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

25 maqola, shulardan 5 tasi xorijiy nashrlarda, hammualliflikda 1 ta darslik, hammualliflikda 1 ta o‘quv qo‘llanma, yakka mualliflikda 1 ta o‘quv qo‘llanma, hammualliflikda 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.

Email: m.s.xoliyarova@proacademy.uz

 

Alimov Sardor Komil o‘g‘li


  

 

Kafedra o‘qituvchisi, f.f.f.d. (PhD), dotsent.

“Aholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit transformatsiyasi omili sifatida” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

37 maqola, shulardan 1 tasi Scopus bazasiga tegishli bo‘lgan jurnalda, 4 tasi xorijiy nashrlarda, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ilmiy risolalar chop ettirgan.

Email: s.k.alimov@proacademy.uz