Akademiya qayta tayyorlash kursi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi o'tkazildi

Akademiya qayta tayyorlash kursi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Akademiyada tashkil etilgan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta 
tayyorlash kursi yakunlanganligi munosabati bilan, bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi. 
Tadbirda Bosh prokuror o'rinbosari E.T.Yuldashev bitiruvchilarni qayta tayyorlash kursini bitirib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganliklari bilan tabrikladi. Shuningdek, 
o'tkazilgan kursning ahamiyati, Akademiya tomonidan pandemiya sharoitini inobatga olgan holda o'quv mashg'ulotlari yuqori saviyada tashkil etilganligi, zamonaviy pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalar yordamida masofaviy ta'lim to'liq yo'lga qo'yilib, ta'lim jarayoni yanada takomillashtirilganligi, mashg'ulotlar davomida amaliyotga katta e'tibor qaratilganligi 
alohida ta'kidlab o'tildi. Bitiruvchilarga diplom bilan birgalikda ko'krak nishonlari ham taqdim etildi. Tadbir so'ngida so'zga chiqqan bitiruvchilar Akademiyada egallagan bilim va ko'nikmalarini yurtimiz ravnaqi, el-yurt farovonligi, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, sud-huquq tizimini yanada rivojlantirish yo'lida samarali qo'llashga so'z berdilar.