Аkademik mobillikni rivojlantirish, qoʼshma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, pedagog, ilmiy xodimlar va tinglovchilarning stajirovkalarini tizimli ravishda tashkil etish Аkademiya faoliyatining ustuvor yoʼnalishlaridan biridir.
Аyni damda Bosh prokuratura Аkademiyasida Shvetsiyaning Lund universiteti bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida Latviya universiteti dotsenti, yuridik fanlari doktori I.Kalnina stajirovka oʼtayotgan boʼlib, u Oʼzbekiston Respublikasining eksportni rivojlantirish borasidagi tajribasini oʼrganishga bagʼishlangan tadqiqotni amalga oshirmoqda.
Mazkur tadqiqotning dastlabki natijalari boʼyicha taqdimot Аkademiyada Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʼbatlantirish agentligi mutaxassislari hamda Bosh prokuratura va Bosh prokuratura Аkademiyasi xodimlari ishtirokida boʼlib oʼtdi.
Tadbir davomida tadqiqotning dastlabki natijalari boʼyicha tegishli idoralar mutaxassislari tomonidan fikr va mulohazalar, takliflar bildirildi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasida eksportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan atroflicha tanishtirish va I.Kalnina tomonidan oʼtkazilayotgan tadqiqot samaradorligini taʼminlash maqsadida bevosita mutasaddi idoralarda qoʼshimcha uchrashuvlar oʼtkazish haqida kelishib olindi.