Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Аdvokatura”, "12.00.09 - Jinoyat protsessi. kriminalistika. tezkor qidiruv huquqi va sud ekspertizasi" va “12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)” ixtisosliklari boʼyicha tayanch doktoranturaga qabul eʼlon qiladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
magistr darajasiga, oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) ega boʼlganlar;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʼnalishlar boʼyicha ikkitadan kam boʼlmagan ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʼlganlar.
Tayanch doktoranturada oʼqishga talabgorlar Bosh prokuratura Аkademiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik maʼlumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Hujjatlar Bosh prokuratura Аkademiyasi qabul komissiyasi tomonidan joriy yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha boʼlgan davrda qabul qilinadi.
Eslatma: Talabgorlar uchun tanlovda ishtirok etish talablari va topshiriladigan hujjatlar roʼyxati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim toʼgʼrisidagi nizomda batafsil koʼrsatilgan.
Tayanch doktoranturada oʼqishga kiruvchi talabgorlar Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining phd.mininnovation.uz saytida hujjatlarini roʼyxatdan oʼtkazishlari talab etiladi.