Bosh prokuratura Аkademiyasi tomonidan ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va ilmiy salohiyatni yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Dissertatsiya tadqiqotlari koʼlami sezilarli darajada kengaytirildi, Аkademiya doktorant va mustaqil izlanuvchilari soni oshdi, innovatsion loyiha va dasturlarni amalga oshirish ishlari faollashtirildi.
Mazkur faoliyatning muhim natijalari sifatida Аkademiya professor-oʼqituvchilari ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi yutuqlarni taʼkidlab oʼtish lozim.
Xususan, yuridik fanlar doktorlari F.Raximov va V.Karimov professor, yuridik fanlar nomzodlari B.Nuridinov, F.Mirzaev va Gʼ.Shodiev dotsent ilmiy unvoniga ega boʼldi.
Shu bilan birga, Аkademiya kafedra boshligʼi А.Hidoyatullaev va boʼlim katta prokurori А.Odinaev yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʼldi.
Shu munosabat bilan, Аkademiyada ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-oʼqituvchilar va xodimlarga diplomlarni tantanali ravishda topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
Bosh prokuratura Аkademiyasi jamoasi ilmiy sohada muvaffaqiyatga erishgan hamkasblarini samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy va taʼlim faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.