Bosh prokuratura Akademiyasida 1 oktabr – Oʼqituvchi va murabbiylar kuniga bagʼishlangan tantanali tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Bosh prokuratura xodimlari, prokuratura organlari faxriylari, Akademiyaning professor-oʼqituvchilari va doktorantlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Oʼqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Akademiya jamoasi, shuningdek, prokuror-tergov kadrlarini tayyorlashga katta hissa qoʼshgan murabbiylar, prokuratura organlari faxriylar eʼtirof etildi.
Tadbir davomida Akademiyaning prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini va ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish borasidagi alohida yutuqlari, shuningdek, taʼlim va ilm-fan sohasida muvaffaqiyatli amaliyotlar va ilgʼor xorijiy tajribani joriy etish boʼyicha natijalari qayd etildi.
Kasb bayrami munosabati bilan bir guruh Akademiya xodimlari qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga munosib hissa qoʼshgani uchun Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrugʼiga asosan ragʼbatlantirildi.