Joriy yilning 30-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent viloyati hududiy kengashining birinchi taʼsis yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Hududiy kengash yigʼilishida Bosh prokuratura Аkademiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati ishtirok etdi.
Yigʼilish ishtirokchilari Hududiy kengashi tarkibi va uning faoliyatini tashkil etish masalalari bilan tanishtirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.Narbaeva tomonidan 2020-yil 30-dekabr kuni tasdiqlangan topshiriqqa asosan Bosh prokuratura Аkademiyasiga Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent viloyati hududiy kengashi faoliyati samaradorligini oshirish va monitoringini olib borish vazifalari yuklatilgan.
Yigʼilish ishtirokchilari Аkademiya rahbariyatining Hududiy kengashning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ish samaradorligini oshirish, viloyatda “Korrupsiyasiz hudud” va undagi tashkilot va muassasalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihalarini joriy etish maqsadida doimiy faoliyat koʼrsatuvchi ekspert-tahliliy shtabi tuzish, Аkademiya salohiyatidan uslubiy maydoncha sifatida foydalanish kabi tashabbus va takliflari qoʼllab-quvvatlandi.