Magistratura tinglovchilari uchun xorijlik ekspert ishtirokida trening bo‘lib o‘tdi 

Magistratura tinglovchilari uchun xorijlik ekspert ishtirokida trening bo‘lib o‘tdi 


Bosh prokuratura Akademiyasida tegishli sohalarda katta tajribaga ega bo‘lgan xorijiy mutaxassislar tizimli asosda jalb qilib kelinmoqda.
Xususan, “Markaziy osiyo huquqi: Markaziyo osiyodagi huquqiy madaniyat va biznes iqlimi” qo‘shma loyihasi doirasida Latviya universiteti dotsenti, yuridik fanlar doktori I.Kalnina Akademiyaning o‘quv jarayonlariga jalb etildi.
I.Kalnina tomonidan bevosita Akademiya tinglovichlari uchun iqtisodiy rivojlanishning huquqiy asoslari, eksport faoliyatining doirasi, xavflar va ularni bartaraf etish usullari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlarda mamlakatimizda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini chuqur tahlil qilish bilan birga, mavjud muammolarning huquqiy va iqtisodiy yechimlari borasida tegishli tushuntirishlar berib kelinmoqda.  
Ta’kidlash joizki, bu kabi mashg‘ulotlar tinglovchilarning tahliliy qobiliyatini oshirish, muammolarning noodatiy va samarali yechimlarini topish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.