2021-yil 3-noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida «Istiqbolli avlod» NNT direktori N.Karimova va Akademiya boshlig‘i Y.Kolenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha malakasini oshirish ishlari yuzasidan fikr almashishdi hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro foydali munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi.