Joriy yilning 15 sentyabr kuni Akademiya tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga karshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzusida videokonferensaloqa rejimida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda xalqaro ekspertlar V.Nechaev va S.Rasulov, 100dan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi, muvofiqlashtiruvchi va litsenziyalovchi organlarining xodimlari, xususiy sektor vakillari hamda Akademiyaning professor-o'qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etishdi
Uchrashuv davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda xavflarni sohaviy baholash doirasida ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish tartib-taomillari, xavflarni milliy darajada baholash uchun davlat organlari, xususiy sektor va moliyaviy razvedka bo'linmalari o'rtasida ma'lumotlar almashinuvi, O'zbekiston Respublikasida Xavflarni milliy darajada baholashni o'tkazish uslubiyatining xususiyatlari va talablari, xalqaro ekspert-baholovchilar guruhi bilan uchrashuv va muzokaralar olib borish bo'yicha vujudga kelishi mumkin bo'lgan stsenariylar ko'rib chiqildi.
Ishtirokchilar shu kabi tadbirlarni o'tkazishni davom etish lozimligi haqida fikr bildirishdi.