Xalqaro ekspertlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish: umumnazariy masalalar” mavzusidagi o‘quv moduli boshlandi

Xalqaro ekspertlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish: umumnazariy masalalar” mavzusidagi o‘quv moduli boshlandi

 

Bosh prokuratura Akademiyasida magistraturining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” yo‘nalishi uchun yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish: umumnazariy masalalar” mavzusidagi o‘quv moduli doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
O‘quv moduli ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim jarayonlaridan iborat. 
O‘quv mashg‘ulotlariga yetakchi milliy ekspertlar bilan bir qatorda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasining AQSH va Yevropalik  nufuzli ekspertlari jalb etilgan. 
Xususan, xalqaro ekspert Goran Klemenchich (Sloveniya) tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid asosiy nazariya, yondashuv hamda amaliy tadbirlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlar, huquqbuzarliklarning oldini olishning ta’sirchan choralari, shaffoflikni ta’minlash, bu boradagi strategiyalar va vakolatli organlarning vazifalari, davlat va xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olish va uni bartaraf etish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan mazkur o‘quv moduli magistratura tinglovchilarining korrupsiyaga qarshi samarali faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish borasidagi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.