Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari uchun elektiv kurs tashkil etildi

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari uchun elektiv kurs tashkil etildi

 

Prokuratura xodimlarining individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida elektiv kurslari joriy etildi. Mazkur kurslar kontenti tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Xususan, 2021-yil 8-noyabridan 17-dekabriga qadar Akademiya tomonidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi so‘roviga binoan  qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish masalalari bo‘yicha elektiv malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Mazkur elektiv malaka oshirish kursi tinglovchilar ish joyidan ajralmagan holda to‘liq masofaviy shaklda amalga oshiriladi.
Kurs dasturida ijtimoiy va iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini olib borishning dolzarb masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar nazarda tutilgan.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilar amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, amaliyotda mavjud tizimli muammo va kamchiliklar, ularni hal etish yo‘llari hamda boshqa ahamiyatga molik  masalalar bo‘yicha imtihon topshirishi rejalashtirilgan.
O‘quv tadbirlari boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tinglovchilar uchun mazkur kursning tashkiliy masalalariga, masofaviy kursni o‘tash va amaliy topshiriqlarni bajarish tartibiga bag‘ishlangan audiokonferensaloqa tarzida seminar tashkil etildi.