“Huquqni muhofaza qilish organlari tizimida psixologiya” mavzusida ilmiy-amaliy konfrensiya bo‘lib o‘tdi 

“Huquqni muhofaza qilish organlari tizimida psixologiya” mavzusida ilmiy-amaliy konfrensiya bo‘lib o‘tdi 


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida 2021 yil 19 noyabr kuni “Huquqni muhofaza qilish organlari tizimida psixologiya” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 
Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sudyalar oliy maktabi, Jamoat xavfsizligi universiteti, DXX akademiyasi, IIV Akademiyasi, DBQ Bojxona instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning yalpi majlisida respublikada ko‘zga ko‘ringan psixolog va huquqshunos olimlar huquqni muhofaza qilish tizimining dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zlarining nazariy va amaliy yechimlarini taqdim etdilar. Shuningdek videokonferensaloqa orqali M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti olimlari taqdimotlarida o‘z tajribalari  bilan bo‘lishdilar.
Konferensiya ishi huquqni muhofaza qilish yo‘nalishlarida olib borayotgan ilmiy izlanishlarga asoslangan holda tashkil etilgan sho‘’balarda davom ettirildi. Har bir sho‘’bada qo‘rib chiqilgan masalalar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, huquqni muhofaza qilish sohalariga kadrlarni tanlash va baholashning psixologik asoslalari, xuquqbuzarliklarni profilaktika qilishda psixologik bilimlarga tayanish zarurati, bo‘linmalar, mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalari va sohalarda psixolog faoliyatini tashkil etishning muhim masalalari bo‘yicha muzokaralari olib borildi. 
Konferensiya va sho‘’balar faoliyati ijodiy muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar huquqni muhofaza qilish sohasida psixologik faoliyatni yanada samarali tarzda davom ettirish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, ushbu tavsiyalarni hayotga tadbiq etish bo‘ycha chora-tadbirlar rejasi tuzib olindi.  
Ilmiy-amaliy konfrensiya materiallari nashr etilishi rejalashtirilgan.