Akademiya tayanch doktoranturasiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

Akademiya tayanch doktoranturasiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

 

Bosh prokuratura Akademiyasi tayanch doktoranturasida o‘qishga talabgorlar uchun ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Imtihon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom talablariga to‘liq amal qilingan holda o‘tkazildi.
Kirish imtihoni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi vakillari hamda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o‘qituvchilaridan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Imtihon komissiyasi tomonidan tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlarning ilmiy tadqiqot olib borish uslubiyoti borasidagi bilimlari, shuningdek tanqidiy fikrlash va ilmiy muammoni nazariy tahlil qila olish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.