O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari faoliyatiga doir ochiq darslar o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari faoliyatiga doir ochiq darslar o‘tkazilmoqda

 

Prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarida tajribali xodimlar ishtirokida 2021 yilning noyabr-dekabr oylari mobaynida prokuratura organlari tarixi va faoliyatiga doir ochiq darslar tashkil etib kelinmoqda. 
Ochiq darslar respublikamizdagi 144 ta oliy ta’lim, 728 ta o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda 2 070 ta maktablarda tashkil etilib, ularda 15 ming nafarga yaqin o‘qituvchi va 120 ming nafardan ortiq o‘quvchi va talaba yoshlar ishtirok etishi  nazarda tutilgan.
Ochiq darslar Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalari, Harbiy va Transport prokuraturalari xodimlari, shuningdek Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan kontent asosida o‘tkazib kelinmoqda.
Ochiq darslarda prokuratura organlarining tarixi va bugungi faoliyati, ular oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar, qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.