Jinoiy aktivlarga benefitsiar egalik qilishni aniqlash bo‘yicha xalqaro trening

Jinoiy aktivlarga benefitsiar egalik qilishni aniqlash bo‘yicha xalqaro trening

 

Bosh prokuratura Akademiyasi G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i(ARIN-WCA) Kotibiyati vazifasini amalga oshirishi doirasida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda mazkur tarmoq a’zo davlatlar vakillari uchun “Jinoiy aktivlarga benefitsiar egalik qilishni aniqlash” mavzusida uch kunlik o‘quv treningi tashkillashtirdi.

Tadbir aralash (onlayn va an’anaviy) shaklda o‘tkazilib, unda 12 ta davlatdan 30 ga yaqin vakil ishtirok etishdi. Xususan, treningda ishtirok etish uchun Gruziya, Ozarbayjon, Mongoliya, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ukraina davlatlarining prokuratura, ichki ishlar, moliyaviy razvedka, korrupsiyaga qarshi kurashish, tergov hamda aktivlarni qaytarish va boshqarish bo‘yicha idoralarining mas’ul xodimlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Germaniya hamda Gernsi davlatlaridan bo‘lgan xorijiy ekspertlar trening ishtirokchilariga aktivlarga benefitsiar egalik qilish asoslari, “Pandora ro‘yxati”, korporativ va huquqiy maqomga ega tashkilotlarlarning turlari, turli xil yurisdiksiyalarda joylashgan iqtisodiy tuzilmalarda benefitsiar mulkdorni aniqlashning zamonaviy yondashuvlari va mexanizmlari bo‘yicha o‘z taqdimotlarini amalga oshirishdi.

Trening davomida guruhlarda amaliy mashg‘ulotlarni bajarish amaliyotining qo‘llanilganligi ishtirokchilarga benefitsiar egalik qilishni aniqlash bo‘yicha o‘zlarining tajribasi va ko‘nikmalari bilan almashish imkoniyatini yaratdi hamda mazkur kursning natijadorligini oshirishga xizmat qildi.