Korrupsiyaga qarshi konvensiyaning implementatsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan BMT Modeli sessisiga start berildi 

Korrupsiyaga qarshi konvensiyaning implementatsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan BMT Modeli sessisiga start berildi 

 

Jori yilning 9-dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasi shaklidagi BMT Modeli sessiyasiga start berildi.
Tadbir Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan haftalik doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMTning Giyoxvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va “Mintaqaviy muloqot” XNNT bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Sessiyada Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Bosh prokuratura Akademiyasining magistratura tinglovchilari ishtirok etishdi.
Sessiyaning kun tartibi Konvensiyaning II bobi – Korrupsiyani oldini olish chora-tadbirlari: ommaviy mansabdor shaxslarning odob-axloq kodekslariga e’tibor qaratgan holda obzorni amalga oshirish mexanizmi masalalarini o‘z ichiga oldi. 
Kunning birinchi bosqichi doirasida ishtirokchilar uchun “Mintaqaviy muloqot” XNNT eksperti Goran Klimenchich va Bosh prokuratura Akademiyasi trenerlari ishtirokida seminar-trening tashkil etilib, unda Konvensiyaning 8-moddasi va obzorni o‘tkazish mexanizmlarini amalga oshirish bo‘yicha milliy va xalqaro standartlar hamda ilg‘or xorijiy tajribani yoritib berishdi.
Yakuniy bosqich 24-dekabr kuni rolli o‘yin shaklida o‘tkaziladi va unda Oliy ta’lim muassasalarining yuridik sohadagi magistratura tinglovchilari debatlarni o‘tkazish qoidalariga asosan BMT Konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari delegatlari sifatida Konvensiyaning 8-moddasi qoidalarini amalga oshirish hisobotlarini himoya qilgan holda chiqish qilishadi.