O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasida jinoyatlar profilaktikasi va kriminogen vaziyatni baholashda sun’iy intellektni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekiston Milliy unversiteti vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda hozirgi kunda Bosh prokuratura Akademiyasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jinoyatlarning oldini olish faoliyatiga sun’iy intellektni joriy etish, shuningdek mazkur yo‘nalishda yangi milliy va xalqaro grantlarni jalb etish imkoniyatlari to‘g‘risida so‘z bordi.
Tadbir konstruktiv tarzda o‘tdi, ishtirokchilar tomonidan sun’iy intellektni kriminogen vaziyatni tahlil qilish jarayoniga joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.