Akademiyada tuman (shahar) prokurorlarining ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha yordamchilari uchun majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashishga oid qonun buzilishi holatlarini aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda huquqbuzarlarning harakatlariga huquqiy baho berish masalalariga bag‘ishlangan malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda.
Tinglovchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv jarayoniga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari jalb etilmoqda.
Jumladan, mazkur kurs doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari G.Niyazmetova Akademiya katta o‘qituvchisi A.Ahmedov bilan birgalikda “Majburiy mehnat – javobgarlikka tortish tushunchasi, turlari va asoslari” mavzusida binar shaklda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi.
Tinglovchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar ko‘rib chiqildi va tizimli muammo va amaliyotdagi kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.