Tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari ishtirokida “Sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash samaradorligi masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi boshlandi.
Mazkur malaka oshirish kursi aralash ta’limning “3+1” tizimi asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda tashkil etilgan.
Kurs dasturidan o‘rin olgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari sharoitida amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar, konkret toifadagi ishlarni ko‘rilishida yagona sud-prokuror amaliyotini shakllantirish, sohada xizmat qilayotgan prokuratura xodimlarining vazifalari bilan bog‘liq masalalar yoritiladi.
O‘quv kontenti Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan prokurorlik amaliyotidagi dolzarb masalalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va kurs mavzusi doirasidagi taqdimot materiallari, amaliy misollar, test va kazuslar hamda multimedia o‘quv materiallarini o‘z ichiga olgan.
Malaka oshirish kursining yakuniy bosqichida tinglovchilarning masofadan o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari bevosita auditoriya mashg‘ulotlari jarayonida trening hamda o‘qitishning interfaol uslublaridan foydalangan holda, muammoli-vaziyatli holatlarni tahlil qilish va kazuslar yechimini topish vositasida mustahkamlanib, tinglovchilarning kurs dasturini o‘zlashtirish darajasi baholanadi.