O'zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o'zaro baholashning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlikning davomi

2020 yil 6 oktyabr kuni Akademiya O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda YEXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi ko'magida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga karshi kurashishning ayrim masalalari” mavzusida videokonferentsaloqa rejimida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda xalqaro ekspertlar, Markaziy bank, tijorat banklari, Departament va Akademiya  vakillari ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda asosiy xavflar, xavflarni milliy darajada baholash natijalari, xalqaro ekspert-baholovchilar guruhi bilan uchrashuv va muzokaralar olib borish bo'yicha vujudga kelishi mumkin bo'lgan stsenariylar va boshqa masalalar muhokama qilindi.