Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokurorlarining qonunchilik ijrosi ustidan nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi o‘rinbosarlari hamda yordamchilari ishtirokida “Iqtisodiy qonunchilik asoslari” mavzusida malaka oshirish kursi o‘tkazildi.
Mazkur kursda tuman (shahar) prokurorlarining o‘rinbosarlari, katta yordamchilari, harbiy hamda transport prokuraturalarining ijtimoiy
va iqtisodiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi prokurorlari ishtirok etdi.
Kurs dasturi davlatning moliyaviy siyosati, davlat xaridlari, bank faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari, davlatning moliyaviy nazorati hamda taftishni tashkil etish va amalga oshirish kabi masalalarni qamrab oldi.