Joylarda jinoyatchilik ahvolini o‘rganish davom etmoqda

Joylarda jinoyatchilik ahvolini o‘rganish davom etmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni o‘rganish amaliyoti davom etmoqda. Shu maqsadda hozirda Buxoro viloyatida jinoyatchilik sabablarini o‘rganish vazifasi bilan shug‘ullanuvchi ekspert-tahlil guruhlari faoliyati Akademiya vakillari tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganish jarayonida ekspert-tahlil guruhining har bir a’zosi, ya’ni prokuratura, adliya, ichki ishlar, yoshlar ishlari agentligi, mehnat, sog‘liqni saqlash, bojxona va soliq xizmati, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvlar davomida jinoyatchilik o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi xavf-xatarlarning oldini olish hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda. Asosiy e’tibor hamjamiyatlarning jinoyatchilik va zo‘ravonlikka nisbatan barqarorligini shahar va qishloqlar darajasida mustahkamlashga, shuningdek, ularning kiberjinoyatchilik, giyohvand moddalar, odam savdosi va kontrafakt tovarlar savdosi bilan shug‘ullanish singari transmilliy jinoyatlarga moyilligini kamaytirishga qaratilgan yanada samarali va faktik asoslarga tayangan chora-tadbirlarga bo‘lgan zaruratga qaratildi.