Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan «Jinoyat ishlarini tergov qilish: nazariya va amaliyot» mavzusida tergovchi lavozimiga ilk bor tayinlangan prokuratura organlari xodimlari uchun qisqa muddatli majburiy malaka oshirish kursi tashkil etildi.
O‘quv kursi ProAcademy axborot-ta’lim portali vositasida masofaviy shaklda o‘tkaziladi.
Kurs dasturidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning umumiy qoidalari, prokuratura organlarida dastlabki tergovni tashkil etish asoslari, qasddan odam o‘ldirish jinoyatini tergov qilish usullari, pora olish jinoyatini tergov qilish taktikasi, kriminalistik versiyalar va tergov faoliyatini rejalashtirishga oid mavzular o‘rin olgan.
Kurs yakuni bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.