Bosh prokuratura Akademiyasiga Rossiya Federatsiyasining “Iqtisodiyot Oliy maktabi” Milliy tadqiqot universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish markazi direktori Konov Aleksey Vladimirovichning tashrifi amalga oshirildi.
Uchrashuv davomida mehmon Akademiya faoliyati yo‘nalishlari, shu jumladan Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga alohida urg‘u qaratdilar hamda rossiyalik ekspert tomonidan Iqtisodiyot Oliy maktabi Korrupsiyaga qarshi markazining bu boradagi faoliyati haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.