Xelsinki Yakuniy akti imzolanganining 45 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etildi

Xelsinki Yakuniy akti imzolanganining 45 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etildi

YEXHTning O'zbekistondagi loyihalar muvofiqlashtiruvchisi ofisi bilan o'rnatilgan hamkorlik doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati “Xelsinki+45: YEXHTning barcha 57 ta a'zo davlati uchun hozirgi bosqichda majburiyatlar dolzarbligi O'zbekiston misolida” mavzusidagi Xelsinki Yakuniy akti imzolanganining 45 yilligiga bag'ishlangan yuqori darajadagi onlayn anjumanda ishtirok etdi.

Tadbirda Albaniya va Shveytsariyaning YEXHT vakolatxonasi, YEXHT Kotibiyati va institutlari hamda BMTning yuqori darajadagi vakillari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda boshqa tashkilot va idoralar vakillari qatnashdi.

Akademiya rahbariyati tomonidan tergov faoliyati salohiyatini oshirish, inson huquqlari himoyasini ta'minlash, qiynoqlarning oldini olish, kiberjinoyatchilik, korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurash hamda noqonuniy aktivlarni qaytarish sohalarida amalga oshirilayotgan sakkiz tashabbus orqali YEXHTning barcha uchta mezonlari bo'yicha yaqin hamkorlik o'rnatilganligi alohida ta'kidlab o'tildi hamda kelgusida YEXHT doirasida mamlakatning majburiyatlarini ta'minlash maqsadida hamkorlikni qo'llab-quvvatlash davom ettirilishi bildirib o'tildi.