Sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash yo‘nalishida navbatdagi malaka oshirish kursi

Sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash yo‘nalishida navbatdagi malaka oshirish kursi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan ta’lim jarayonining prokuratura organlari kasbiy faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga oid belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari ishtirokida "Sud ishlarini yuritish hamda sud qarorlari ijrosi masalalarida prokurorning roli va vazifalari" mavzusida malaka oshirish kursi yakunlandi.

Ushbu malaka oshirish kursi aralash shaklda tashkil etilgan bo‘lib, kursni o‘z ishidan uzilmasdan masofaviy bitirgan tinglovchilar o‘z bilimlarini Akademiyada bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda mustahkamladilar.

Kurs dasturi prokuratura faoliyatining umumiy masalalari, sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash masalalariga oid o‘quv hamda amaliy mashg‘ulotlardan tarkib topgan bo‘lib, xodimlarning prokurorlik faoliyatining ushbu yo‘nalishlaridagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

O‘quv mashg‘ulotlari Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan prokurorlik amaliyotiga oid dolzarb masalalar bo‘yicha ishlab chiqilgan  slaydlar, yozma ishlar, kazuslar va boshqa o‘quv materiallari asosida o‘tkazildi. 

O‘quv mashg‘ulotlarini a’lo darajada bitirgan tinglovchilar, kurs yakunida malaka oshirilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni oldilar.