Voyaga yetmaganlar huquqlarining himoyasi masalalari yuzasidan to‘plam tayyorlandi

Voyaga yetmaganlar huquqlarining himoyasi masalalari yuzasidan to‘plam tayyorlandi

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, ularning huquqlari va erkinlarini ishonchli himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda qonuniylikni ta’minlash doimo prokuratura organlari e’tiborida bo‘lib kelgan masaladir.

Ota-onalar tomonidan farzandlarni ular voyaga yetgunga qadar ta’minlash, shu jumladan aliment undirish bo‘yicha majburiyatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya qilish sohasidagi voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bugungi kunda alohida dolzarb ahamiyatga ega.

Prokuratura organlari faoliyatiga uslubiy ko‘maklashish ishlari doirasida hamda ijobiy tajribani xizmat faoliyatida qo‘llash maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasi bilan birgalikda “Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun aliment undirish” to‘plamini tayyorladi.

Mazkur to‘plamda Mirobod tumani prokuraturasi faoliyatidan misollar, asosiy normativ-huquqiy hujjatlardan ko‘chirmalar, shuningdek, ushbu sohadagi prokuror nazorati hujjatlari o‘rin olgan bo‘lib, voyaga yetmagan bolalarni ta’minlash uchun aliment undirish borasidagi ishlar va prokuratura organlarining ushbu sohadagi nazorat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Nashr foydalanish uchun hududlardagi prokuratura organlariga yuborildi.