Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok

Akademiya vakillari BMT GJB Mintaqaviy vakolatxonasi va Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish organlari Akademiyasi tomonidan Olma-Ota shahrida tashkil etilgan “Parallel moliyaviy tergov o‘tkazish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashni amalga oshiruvchi  vakolatli organlar hamkorligi. Xalqaro tajriba, amaliyot va muammolar” mavzusidagi xalqaro forumda onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Aralash formatda tashkil etilgan uch kunlik tadbirda Ozarbayjon, Ukraina, Armaniston, Belarus, O‘zbekiston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Tojikistonning prokuratura organlari va boshqa vakolatli organlar vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

Forumning ekspert panellaridan birida Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari U.Nigmadjanov jinoiy faoliyatning moliyaviy jihatlarini o‘rganish masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Tadbir davomida parallel moliyaviy tekshiruvlar institutining xususiyatlari, moliyaviya razvedka bo‘linmalarining ahamiyati, roli va imkoniyatlari, ochiq va yopiq ma’lumotlar manbalari asosida xorijiy aktivlarni izlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.