Barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan ishchi yig‘ilishlar

Barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan ishchi yig‘ilishlar

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlarining “Samarali boshqaruv” ekspertlar guruhining ishchi organi sifatida guruh tarkibidagi davlat organlari va BMTning 
BRM indikatorlariga mas’ul tashkilotlari, jamg‘armalari va agentliklari vakillari ishtirokida ishchi uchrashuvlar haftaligi tashkil etildi.

Xususan, birinchi uchrashuvda Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakillari bilan BRMning 3.6.1 indikatori, ya’ni yo‘l-transport hodisasi natijasidagi o‘lim koeffitsiyentini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tomonidan yo‘l-transport hodisasi natijasida yuzaga kelgan o‘lim holatlari to‘g‘risida e’lon qilingan statistika va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisobotida keltirilgan raqamlardagi tafovutlar va bunga sabab bo‘lgan omillar bo‘yicha fikr almashinildi.

BMT agentliklari vakillari mazkur indikatorlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha axborot berdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar mazkur yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirgan holda tashkil qilish kerakligini ta’kidlab, kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldi.