Yevropa Ittifoqi/Yevropa Kengashining «Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi» dasturining «Markaziy Osiyoda HELP» loyihasi doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari yuridik soha vakillari uchun inson huquqlari bo‘yicha ta’lim bo‘yicha yillik HELP konferensiyasi tadbirining ikkinchi kunida ishtirok etdilar.
Konferensiya inson huquqlari bo‘yicha ta’limni takomillashtirish yo‘llari, Yevropa Kengashining HELP dasturi va uning hamkorlari o‘rtasidagi mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari U.U.Nigmadjanov “O‘zbekistonda HELP modullarining ahamiyati va ulardan foydalanish aspektlari” mavzusida ma’ruza bilan tadbir ishtirokchilariga inson huquqlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirish, modullarni mamlakatimiz sharoitlariga moslashtirish va kontekstuallashtirish masalalari haqida ma’lumot berdi.
Konferensiya davomida turli mavzularda yangi HELP kurslari ham taqdim etildi.