Bosh prokuratura Аkademiyasi tomonidan BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik boʼyicha boshqarmasi va Qozogʼiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi huquqni muhofaza qilish organlari Аkademiyasi bilan hamkorlikda Odam savdosiga qarshi kurashish umumjahon kuniga bagʼishlab “Odam savdosi va texnologiyalar” mavzusida aralash formatda (videokonferentsaloqa orqali) xalqaro muhokama seminari oʼtkazildi.
Ushbu tadbirda, Oʼzbekiston Respublikasini davlat idoralari va nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarining mutaxassislari va ekspertlari, shuningdek, Qozogʼiston, Qirgʼiziston va Turkmaniston davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularni taʼlim muassasalarining vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari odam savdosiga qarshi kurashish masalasi Oʼzbekistonda davlat siyosati darajasiga koʼtarilganini hamda davlat organlarining yuqori darajadagi vakillarining ishtiroki davlatning bu mavzuga katta ahamiyat berayotganini taʼkidlab oʼtdilar.
Internetni qoʼllagan holda jinoyatlarni sodir etilishi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining odam savdosi jabrlanuvchisiga aylanib qolishi, odam savdosiga oid jinoiy ishlarni tergov qilishda elektron dalillarni boshqa davlatlardan olish tartibi va boshqalar xalqaro muhokama seminarining asosiy mavzusi boʼldi.
Tadbir natijalariga koʼra, odam savdosiga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar, internet orqali sodir etilayotgan odam savdosi jinoyatlariga davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va takomillashtirish masalalari belgilab olindi.