Akademiyada BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat huquqi bo‘yicha Venadagi mutaxassisi P.Yanovichi, BMT Aksilterror markazining Nyu-Yorkdagi dastur menedjeri A.Serikbay, BMT GJBning Markaziy Osiyo milliy loyihalar muvofiqlashtiruvchisi N.Abdukodirova va loyiha xodimi I.Li bilan ishchi uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida ekspertlar Akademiya tuzilmasi va faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishib, huquqni muxofaza qiluvchi organlar uchun tanlovli o‘quv dasturlari va modullarini tadbiq etish hamda qo‘shma tadbirlar va dasturlarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar Akademiyaning multimedia studiyasi, kriminalistik poligon, elektron tir xonasi va axborot-resurs markaziga ham tashrif buyurdilar.