Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun tanlov jarayoni yakunlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun tanlov jarayoni yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga tanlov jarayoni nihoyasiga yetdi. 

Mazkur tanlovlarda jami 176 nafar nomzodlar ishtirok etdilar, nomzodlar tomonidan to‘plagan ballar quyidagicha.  

Tanlov yakuniga ko‘ra, nomzodlar to‘plagan ballarni umumlashtirish yakunlariga asosan eng yuqori natijalarga erishgan 61 nafar nomzod ta’limning kunduzgi shakli hamda 25 nafar nomzod esa ta’limning sirtqi shakli bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yilida Akademiya magistraturasi tinglovchilari safiga tavsiya etildi.

Ta’limning kunduzgi shakliga tavsiya etilgan nomzodlar joriy yilning 5 sentabr kuni soat 10:00 da Bosh prokuratura Akademiyasi binosida quyidagi hujjatlar bilan hozir bo‘lishi so‘raladi:

1. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (pasport);
2. Tanlovga taqdim etgan diplomi va diplom ilovasining asli.

Ta’limning sirtqi shakliga tavsiya etilgan nomzodlar Akademiyaga taklif etiladigan  sana haqida qo‘shimcha xabar beriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi jamoasi Akademiya magistraturasiga tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni tabriklab, ularga ilm-fan, ta’lim va amaliyot cho‘qqilarini egallashlarida ulkan zafarlar tilaydi.