ARIN-WCA tarmog‘i Boshqaruv guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi

ARIN-WCA tarmog‘i Boshqaruv guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi

Bosh prokuratura Akademiyasida G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo‘yicha noformal idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) Boshqaruv guruhi a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir onlayn va an’anaviy shaklda o‘tkazilib, unda ARIN-WCA Boshqaruv guruhi a’zolari – Pokiston, Turkmaniston, Eron va O‘zbekiston davlatlarining aloqa vakillari, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hududiy loyiha koordinatori J.Milsom hamda ushbu tashkilotning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha maslahatchisi K. Uilyamsonlar ishtirok etishdi.

ARIN-WCA Kotibiyati sifatida Bosh prokuratura Akademiyasi Boshqaruv guruhi a’zolarini tarmoqni boshqarish doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar to‘g‘risida tanishtirib o‘tdi. 
Mazkur tadbir ishtirokchilari shuningdek tarmoqni samarali boshqarish, uning doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari hamda kelgusidagi loyihalarni muhokama qilishdi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra Boshqaruv guruhi tomonidan ARIN-WCA doirasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muhim vazifa va tadbirlar belgilab olindi.