Akademiya professor-o‘qituvchilarning salohiyatini yuksaltirish, pedagogik mahoratini oshirish ishlari doirasida Nyu-Bransuik Universiteti (Kanada) professori V. O‘rinov ishtirokida “Sillabusning ahamiyati va sillabus tayyorlash qoidalari” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Xorijiy ekspert tomonidan mustaqil ta’lim natijalarini baholash usullari, o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etishda sillabusning ahamiyati va uni tayyorlash qoidalari batafsil tushuntirildi.
Ishtirokchilar shuningdek oliy ta’limda kadrlar tayyorlashda kredit-modul tizimining ahamiyati, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish tamoyillari, mustaqil ta’lim turlari va ularni tanlash mezonlari haqida xalqaro tajriba yutuqlari bilan tanishdilar.
Master-klass interfaol uslubda o‘tkazildi, sillabus tayyorlash jarayoni aniq misollar orqali va bevosita ishtirokchilarni jalb qilgan holda amalda ko‘rsatib berildi.
Tadbir so‘ngida V.O‘rinov ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.
Mazkur ishlar tizimli davom ettiriladi, kelgusida bunday mahorat darslarini onlayn shaklda tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.