Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasida tanishtiruv haftaligi

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasida tanishtiruv haftaligi

Joriy yilning 5-9 sentabr kunlari Akademiya magistraturasining 2022/2023 o‘quv yili tinglovchilari uchun tanishtiruv haftaligi o‘tkazildi.

“Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisliklari uchun o‘tkazilgan haftalik doirasida tinglovchilarni Akademiya o‘quv-ilmiy jarayonini tashkillashtirishga oid ma’lumotlar bilan tanishtirish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazildi. 

Xususan, tinglovchilar Akademiyada nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yaratilgan zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlar, maxsus o‘quv xonalari va poligonlar, ichki tartib-qoidalari, kredit-modul tizimining afzalliklari hamda akademik mobillik dasturlari doirasida xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Haftalik yakunida Bosh prokuratura binosida tinglovchilarning Bosh prokuratura, Kadrlar boshqarmasi va Akademiya rahbariyati bilan uchrashuvi tashkil etildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari E.Yuldashev so‘zga chiqib, o‘qishga tavsiya etilgan tinglovchilarni tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan Bosh prokuratura rahbariyati nomidan tabriklab, kelgusidagi o‘qishlarida  muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tiladi.

Akademiya boshlig‘i Ye.Kolenko tomonidan o‘quv jarayonining xalqaro standartlar asosida tashkil etilishining o‘ziga xos jihatlari, Akademiyada joriy etilgan innovatsion o‘qitish usullari, akademik mobillik dasturlari va Akademiyada o‘qishning boshqa afzalliklari haqida uchrashuv ishtirokchilariga ma’lumotlar berildi. 

Akademiya magistraturasida 2022/2023 o‘quv yili joriy yilning 12 sentabridan boshlanadi.