“Jabrlanuvchi huquqlarini himoya qilish” mavzusidagi o‘quv moduli mashg‘ulotlari boshlandi

“Jabrlanuvchi huquqlarini himoya qilish” mavzusidagi o‘quv moduli mashg‘ulotlari boshlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasining “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” yo‘nalishi talabalari uchun “Jabrlanuvchi huquqlarini himoya qilish” mavzusidagi moduli doirasidagi  o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Mazkur o‘quv moduli jabrlanganlarning xalqaro huquqdagi maqomi, ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro xujjatlarning mazmun-mohiyati, viktimologiyaning muhim tamoyillari, jabrlangan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jabrlanuvchi va guvohlarni himoya qilish, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash, shuningdek odam savdosi, oiladagi zo‘ravonlik va qiynoqdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa dolzarb masalalarni qamrab olgan.          

Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun viktimiologiyaga oid asosiy konseptsiyalar, xalqaro standartlar va amaliyot bo‘yicha ma’ruzalar, shuningdek nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida imitatsion mashqlar o‘tkaziladi.

O‘quv moduli doirasida shuningdek odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi, Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Toshkent shahar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazida sayyor mashg‘ulot va tanishuv darslari o‘tkazilishi nazarda tutilgan.