Akademiya rahbariyati va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “II Toshkent aksilkorrupsiya forumi” ishida ishtirok etishdi.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi va Milliy kengash raisi T.Narbayeva, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori R.Astxana, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili M.Dimovska, BMT GJBning Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy Vakolatxonasi rahbari A.Mittal, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov, Bosh prokuror o‘rinbosari S.Artikova va boshqa yuqori martabali mehmonlar chiqish qilishdi.
Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni samarali baholash hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda ta’limning o‘rni kabi uchta sessiyalar orqali davom ettirildi.
Sessiyalar ishida Oliy Majlis palatalari, vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari hamda Koreya Respublikasi, Malayziya, Gonkong, Latviya, AQSH korrupsiyaga qarshi kurashish idoralarining rahbar va mutaxassislari, milliy va xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Forumning korrupsiyaga qarshi kurashishda ta’limning o‘rni nomli sessisyasida Akademiya boshlig‘i Ye.Kolenko “Ilm-fan va ta’lim orqali korrupsiyaning oldini olish” mavzusida ma’ruza qildi.
Forum ishtirokchilarga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, istiqboldagi vazifalarni yetkazishga hamda faoliyatni xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha qizg‘in muloqot o‘tkazishga imkon berdi.